Professor · Filologiya fanlari doktori (DSc)

Shuhrat Ko‘chimov

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent davlat yuridik universiteti professori, filologiya fanlari doktori, O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi a’zosi, davlat tili va yurislingvistika masalalari bo‘yicha 40 ga yaqin darslik, o‘quv qo‘llanma va ilmiy risolalar muallifi, mazkur «Yurislingvistika.uz» raqamli ilmiy platformasining asoschisi.

Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich
Atamalar komissiyasi a’zosiVazirlar Mahkamasi huzurida
TDYU · DSc
150+ilmiy maqola
~40risola, darslik va o‘quv qo‘llanma
36yillik pedagogik tajriba
12yurislingvistika bo‘yicha dissertatsiya

So‘zboshi

Hurmatli o‘quvchi!

Sizni «Yurislingvistika» veb-sahifamizda xush ko‘rdik! Mazkur veb-sahifa ilg‘or rivojlangan mamlakatlar ilm-fanida o‘tgan asrlarda shakllanib, hozirda dunyoda jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan «Yurislingvistika» fanini O‘zbekistonda ham taraqqiy ettirish maqsadida tashkil etildi.

Bu yerda Siz «Yurislingvistika» faniga oid jahon va O‘zbekiston ilm-fanidagi yangiliklar, ilmiy-tadqiqot ishlari, darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqola va o‘quv kurslari hamda ularning dasturlari bilan tanishishingiz mumkin.

O‘ylaymizki, mazkur sohaning rivoji O‘zbekistonda huquq va til ilmlarining taraqqiyotida, huquq-sudlov tizimining takomillashuvida, qonun ijodkorligi faoliyatida, umuman, mamlakatimiz yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Aziz do‘stim, o‘z navbatida, Sizdan mazkur sohani yanada takomillashtirish yuzasidan fikr, mulohaza va takliflarni kutib qolamiz hamda oldindan minnatdorlik bildiramiz!

Hurmat bilan, professor Sh. N. Ko‘chimov

Kitoblar · darsliklar · monografiyalar

Ilmiy kutubxona

Professor Sh. Ko‘chimovning asosiy asarlari. Mavjud nashrlarni PDF shaklida bepul yuklab olish mumkin.

Barcha kitoblar
Yurislingvistika va lingvistik ekspertiza asoslari

2025 · Darslik

Yurislingvistika va lingvistik ekspertiza asoslari

Mas’ul muharrir N. Ramazonov. T.: TDYU nashriyoti, 2025. 240 b.

Yurislingvistika

2024 · Monografiya

Yurislingvistika

Til, huquq, yuridik til, yuridik nutq, yuridik terminologiya. T.: Bookmany print, 2024. 188 b.

Qonun tili lingvistikasi

2022 · Ilmiy risola

Qonun tili lingvistikasi

Mas’ul muharrir N. M. Mahmudov. T.: TDYU, 2022. 191 b.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish

2022 · Metodik qo‘llanma

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, 2022.

Ruscha-o‘zbekcha yuridik terminlar lug‘ati

2020 · Lug‘at

Ruscha-o‘zbekcha yuridik terminlar lug‘ati (2020)

N. M. Mahmudov, Sh. N. Ko‘chimov, N. E. Sharipova. TDYU, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti. T., 2020.

Huquqiy normalarni o‘zbek tilida ifodalashning ilmiy-nazariy muammolari (lingvo-yuridik tahlil)

2004 · Doktorlik dissertatsiyasi

Huquqiy normalarni o‘zbek tilida ifodalashning ilmiy-nazariy muammolari

Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi uchun. Avtoreferat.

Xalqaro manbalar

Dunyo miqyosida yurislingvistika

Xalqaro jurnallar, ilmiy markazlar va raqamli arxivlar — talabalar va tadqiqotchilar uchun tanlangan manbalar.

Barcha xalqaro manbalar
IJSLLJurnal

International Journal of Speech, Language and the Law

Yurislingvistika va sud lingvistikasi sohasidagi dunyoning yetakchi ilmiy jurnali, IAFLL va IAFPA assotsiatsiyalarining rasmiy nashri (1994-yildan). Unda sud zali diskursi, mualliflikni aniqlash, tuhmat va haqorat bo‘yicha lingvistik ekspertiza mavzularidagi nufuzli tadqiqotlar chop etiladi. Tadqiqotchi va magistrlar uchun asosiy manba.

journal.equinoxpub.com
LESLIOchiq jurnal

Linguistic Evidence in Security, Law and Intelligence

AQShdagi TALE (The Association for Linguistic Evidence) assotsiatsiyasining xalqaro ochiq (bepul) ilmiy jurnali. Huquqni muhofaza qilish, milliy xavfsizlik va sud ishlarida lingvistik dalillardan foydalanish masalalarini yoritadi. Maqolalarni bepul yuklab olish mumkin.

tale-forensiclinguists.org
AIFLIlmiy institut

Aston Institute for Forensic Linguistics

Buyuk Britaniyadagi Aston universiteti qoshidagi dunyoning eng yirik va nufuzli sud lingvistikasi ilmiy-tadqiqot instituti. Zamonaviy sud ekspertizasi usullari, raqamli matnlar tahlili va lingvistik ma’lumotlar bazalari shu yerda jamlangan.

aston.ac.uk
FoLDRaqamli arxiv

Forensic Linguistic Databank

Sud lingvistikasi sohasidagi real ishlar materiallari, tahdid xatlari, firibgarlik matnlari va sud bayonnomalarining xalqaro raqamli arxivi. Doktorantlar uchun dissertatsiyalarda empirik material sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan noyob baza.

fold.aston.ac.uk

Yangiliklar

Sentabr, 2026

Xalqaro jurnalda yangi maqola

Professor Sh. Ko‘chimovning «The Significance of the Titles of Laws in Enhancing Legal Consciousness and Legal Culture» maqolasi International Journal of Scientific Trends jurnalida (2026, 5-jild, 9-son) chop etildi.

Maqola (PDF)

2025

«Yurislingvistika va lingvistik ekspertiza asoslari» darsligi

TDYU nashriyotida professor Sh. Ko‘chimovning oliy yuridik o‘quv yurtlari talabalari uchun darsligi chop etildi (240 b.). Unda yurislingvistika fanining predmeti, huquq va tilning o‘zaro aloqalari, normativ-huquqiy hujjat loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish talablari yoritilgan.

Darslik (PDF)

2025

«Sud lingvistik ekspertizasi» kitobi nashr etildi

Professor Sh. Ko‘chimovning «Sud lingvistik ekspertizasi» monografiyasi nashr etildi (Bookmany print, 2025). Unda sud lingvistik ekspertizasining ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari tadqiq qilingan.

Kitob (PDF)

Fikringiz biz uchun muhim

Yurislingvistikani rivojlantirish bo‘yicha taklif, maqola yoki savolingiz bormi? Izoh qoldiring yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing.